22:05 / 27.01.2018
4 711

AQSHda Tramp haqidagi shov-shuvli kitob 1 hafta ichida 1,5 milliondan ortiq nusxada sotildi

АҚШда Трамп ҳақидаги шов-шувли китоб 1 ҳафта ичида 1,5 миллиондан ортиқ нусхада сотилди
Jurnalist Maykl Volf tomonidan yozilgan shov-shuvli kitob AQSHda 1 hafta ichida 1,7 million nusxada sotilib ketdi. Henry Holt and Company nashriyoti ushbu ko’rsatkich, barcha formatlar, jumladan qattiq muqovali bosma, elektron va audiokitob shakllariga tegishli ekanligini qayd etgan.

Xabarda aytilishicha, bosma nashrga bo’lgan talab sotuvga chiqarilgan kitoblar sonidan oshib ketmoqda. Shu sababli ham bestsellerni harid qilish uchun talabgorlar bir necha hafta kutishlariga to’g’ri kelyapti.

Eslatib o’tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp haqidagi “Alanga va g’azab: Trampning Oq uyida” kitobi 9 yanvar kuni sotuvga chiqqan va kitobda uning oila a’zolari haqidagi ko’plab ma’lumotlar bor ekanligi aytilgandi. Prezidentnig o’zi esa kitobni soxta deya atab, uning muallifini “ruhiy kasal”ga chiqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Tramp haqidagi shov-shuvli kitob 1 hafta ichida 1,5 milliondan ortiq nusxada sotildi