07:30 / 28.01.2018
8 168

Politsiya tomonidan qo’lga olingan erkakning boshi qamoqxona panjarasi orasiga tiqilib qoldi

Politsiya tomonidan qo’lga olingan erkakning boshi qamoqxona panjarasi orasiga tiqilib qoldi
Xitoyda mast holatda mashina boshqargan haydovchilardan biri qo’lga olindi. Ayblanuvchi o’zining begunoh ekanligini aytib, mashinani to’xtatish va biroz uxlab olish niyatida bo’lgani haqida ma’lum qilgan.

Haydovchi jazo tariqasida qamoqxona kamerasiga kiritilgach, erkak panjara orasiga boshini suqib ko’rdi va ortga qaytarib chiqara olmadi.

Xabarda aytilishicha, erkak ushbu holatda hayoti davomida hech kim uni bunchalik pastga urmagani haqida aytib yig’lagan, turli so’zlar bilan atrofdagilarni haqorat qilgan va birdaniga uni suratga olib qo’yishlarini ham iltimos qilgan.

Erkakning baxtiga politsiya xodimlari panjarani kengroq qilib ikki tomonga ochib berishdi. Ammo u o’z aybi uchun bir muddat turmada o’tirishga majbur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiya tomonidan qo’lga olingan erkakning boshi qamoqxona panjarasi orasiga tiqilib qoldi