16:49 / 28.01.2018
5 057

Kobulda sodir etilgan teraktda 103 kishi halok bo‘ldi, mamlakatda motam e’lon qilindi

Kobulda sodir etilgan teraktda 103 kishi halok bo‘ldi, mamlakatda motam e’lon qilindi
Afg‘oniston poytaxti Kobulda 27 yanvar kuni sodir etilgan terakt oqibatida 103 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yana 235 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Afg‘onistonda ushbu hodisa munosabati bilan motam e’lon qilindi.

Xabar berishlaricha, ichiga terrorchi-xudkush ichiga portlovchi uskuna o‘rnatilgan tez yordam mashinasini Afg‘oniston poytaxtidagi hukumat dahasi yaqinida portlatib yuborgan. Portlash Kobul shahrining Vazir Akbarxon deb nomlanuvchi diplomatik kvartalida yuz bergani aytilmoqda. Bu yerda xorijiy mamlakatlarning vakolatxonalari, Afg‘oniston hukumatining ma’muriy binolari joylashgan. Portlash natijasida ko‘plab binolar zarar ko‘rgani aytilmoqda.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati o‘z zimmasiga olgan. Bir hafta oldin kishining umriga zomin bo‘lgan «Interkontinental» mehmonxonasidagi portlash ham ushbu harakat tomonidan uyushtirilgandi. Politsiya ushbu teraktga aloqadorlikda gumon qilib to‘rt kishini qo‘lga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobulda sodir etilgan teraktda 103 kishi halok bo‘ldi, mamlakatda motam e’lon qilindi