21:39 / 28.01.2018
15 341

Dunyo bo‘ylab: Juda qiziq voqea va hodisalar...

Dunyo bo‘ylab: Juda qiziq voqea va hodisalar...
1. Sharqiy Afrikadagi Seyshel orollarida bolalarni himoya qilish kunini bayram qilishmaydi. Ular bolalarni himoya qilish oyligi o‘tkazishadi, ya’ni, bu bayramni bir oy davomida to‘xtovsiz nishonlashadi.

2. O‘rta asrlarda Angliyada bir qonun mavjud edi. Agar shahzoda biror ayb ish qilib qo‘ysa, jazoni boshqa bolalar olardi. Buning uchun saroyda alohida jazolanishga, kaltak yeyishga mahkum bolalar saqlanardi.

3. Yaponiyada «Yig‘layotgan bola» bayrami mavjud. Bayramning ma’nisi shuki, bir necha sumo ustalariga yoshiga to‘lmagan bolalar beriladi. Sumochi g‘olib bo‘lish uchun qo‘lidagi bolani urmasdan, so‘kmasdan yig‘lashga majbur etishi kerak. Kimning qo‘lidagi bola birinchi bo‘lib yig‘lasa, o‘sha sumochi g‘olib hisoblanadi.

4. Janubiy Koreyada tug‘ilgan bolaning yoshi tug‘ilgan yil, kun, oydan boshlab emas, balki onasining homilador bo‘lib qolgan kunidan boshlab hisoblanadi. Shuning uchun koreyalik bolalar boshqa mamlakatlarda yashovchi tengqurlaridan 9 oylik katta.

5. Dunyodagi eng serfarzand hukmdor sifatida Marokash sultoni Ismoilning nomi tarixda qolgan. Uning jami bolalari soni 900 nafarga teng.

6. Chumoli o‘zi topgan yemishni yeyishga haqli emas. Oldin yemishni chumolilarning umumiy iniga olib kelishi kerak. Ana undan keyin yemish barchaga baravar taqsimlanadi.

7. Agar chumoli dangasalikka yo‘l qo‘ysa, ishlamasa, uni indan haydab solishadi. Ajablanarlisi, chumolilar saltanatining malikasi o‘zidan keragicha ko‘p avlod qoldira olmasa, uni ham indan haydab solishadi va chumolilar o‘ziga yangi malika saylaydi.

8. Avstriya hamda Angliyada yo‘lingizdan qora mushuk o‘tib ketsa, bu omad belgisi hisoblanadi.

9. Dunyoda shunday o‘rgimchak turi borki, u dunyoga kelgandanoq onasini yeb bitiradi. Ona o‘rgimchak qadimiy urfga ko‘ra o‘z jonini farzandlari kelajagi uchun qurbon qilishi shart deb qo‘yilgan.

10. Xitoyda qog‘oz pulga nikohdan o‘tish, oila qurish kabilarga oid e’lonlar yozib qo‘yish an’anaga aylangan. Sababi, pul qisqa fursatda o‘nlab, yuzlab qo‘llarga o‘tib ulguradi. Shuning natijasida e’lon bergan yigit yoki qiz o‘z baxtini tezroq topadi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo‘ylab: Juda qiziq voqea va hodisalar...