08:37 / 29.01.2018
4 145

Ekvadorda sodir bo’lgan portlashda 28 nafar politsiyachi jabr ko’rdi

Ekvadorda sodir bo’lgan portlashda 28 nafar politsiyachi jabr ko’rdi
Ekvador va Kolumbiya chegarasi yaqinida joylashgan politsiya uchastkasi yonidagi minalashtirilgan avtomashinaning portlashi natijasida 28 nafar inson jabr ko’rdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa Esmeralda provinsiyasida sodir bo’lgan. Shuningdek ushbu portlash jinoiy guruhlar tomonidan giyohvand moddalarni chegaraga yaqin tumanlarda noqonuniy “aylantirish” bilan kurashuvchi politsiyachilardan qasos olish niyatida amalga oshirilgan bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.

Ekvador prezidenti Lenin Moreno hodisa yuzasidan Twitterdagi sahifasida favqulotda holat e’lon qilingani haqida aytib o’tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekvadorda sodir bo’lgan portlashda 28 nafar politsiyachi jabr ko’rdi