16:20 / 29.01.2018
4 977

Turkiya harbiy kuchlari 557 nafar terrorchini yo‘q qildi

Turkiya harbiy kuchlari 557 nafar terrorchini yo‘q qildi
Suriya shimolidagi Afrin mintaqasida davom etayotgan “Zaytun novdasi” amaliyoti chog‘ida Turkiya harbiy kuchlari 557 nafar terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda yakshanba kuni Turkiya bosh shtabi bayonotida aytiladi, deya xabar berdi Xabar.uz.

“Zaytun novdasi” amaliyoti davomida Turkiya harbiy kuchlari kun davomida terrorchilarning 73 ta pozitsiyasini yo‘q qildi. Ular orasida Xalq mudofaa kuchlari, Kurdiston ishchi partiyasi, Demokratik ittifoq partiyasi va ISHID guruhiga tegishli bo‘lgan boshpanalar, yashirilgan o‘q-dorilar va o‘t ochish nuqtalari bo‘lgan. “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlanganidan buyon 557 nafar terrorchi yo‘q qilindi», — deyiladi hujjatda.

Bosh shtab 20 yanvar kuni asosan kurdlar va boshqa viloyatlardan kelgan qochoqlar istiqomat qiladigan Afrin mintaqasida “Xalq mudofaa kuchlari” (XMK) va Demokratik ittifoq partiyasi otryadlariga qarshi “Zaytun novdasi” amaliyotini boshlaganini e’lon qilgan edi. Turkiya hukumati mazkur tashkilotlarni terrorchi tashkilot sifatida ko‘radi hamda Turkiyadagi Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador deb hisoblaydi. Rasmiy Anqara Afrindagi amaliyotlar mamlakat xavfsizligi bilan bog‘liqligini aytib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya harbiy kuchlari 557 nafar terrorchini yo‘q qildi