17:44 / 29.01.2018
7 255

Bishkekda vaziyat og‘ir: odamlar muzlab, halok bo‘lmoqda

Bishkekda vaziyat og‘ir: odamlar muzlab, halok bo‘lmoqda
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tgan kecha 12 kishi haddan tashqari sovqotish tufayli tez yordam markazi xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelindi. Yana 2 kishi muzlab qolganligi natijasida jon bergan.

Bishkekdagi yagona issiqlik elektr stansiyasi 26 yanvar kuni ishdan chiqqan edi. Shaharning markaziy isitish trubalari orqali yuboriladigan suv harorati minimal darajaga tushib ketdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, issiqlik elektr stansiyasi anomal sovuq tufayli ishdan chiqqan. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, bugun, 29 yanvar kuni Bishkekda tunda harorat -26 darajagacha tushib ketdi.

Qirg‘izistonning tog‘li hududlarida esa harorat 40-45 daraja sovuqni tashkil etmoqda. Shuning uchun maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari ham to‘xtatilgan.

28 yanvardan 29 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘izistonning milliy shifoxonasi isitish tizimida ham avariya yuz bergan. Haroratning pastligi tufayli trubalardagi suv muzga aylanib qoldi. Shu sabab tizimdagi suvni chiqarib tashlashdi. Ammo issiq suv berilishi natijasida isitish tizimi avvalgi holatiga qaytmadi. Ayni vaqtda tiklash ishlari olib borilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, ko‘plab tez yordam mashinalarining yoqilg‘isi muzlab qolgan va shu sabab ular yordamga yetib borolmayapti.

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isoqovning buyrug‘i bilan vaqtinchalik isinish punktlari tashkil etildi. O‘tgan sutka davomida bunday punktlarga 800 ga yaqin kishi kelgan.

Ayni vaqtda Bishkekning barcha tumanlarida odam ko‘p yashaydigan joylarida 5 tadan isinish palatalari joylashtirildi. Bu yerda odamlarga issiq ovqat, issiq choy va tunash uchun issiq joy hozirlab qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda vaziyat og‘ir: odamlar muzlab, halok bo‘lmoqda