19:06 / 29.01.2018
8 062

Jahondagi eng og‘ir bola 76 kg vazn yo‘qotdi

Jahondagi eng og‘ir bola 76 kg vazn yo‘qotdi
Jahondagi eng og‘ir o‘smir 76 kg og‘irligidan halos bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Indoneziyaning Yava orolida yashovchi 12 yoshli Arya Permana 2 yil avval 200 kg vaznga ega bo‘lib, jahondagi eng og‘ir bola nomiga erishgan edi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.


Aslida, Arya me’yoriy vazn bilan dunyoga kelgan. Tug‘ilganida 3 kg 200 gr bo‘lgan Arya 2 yoshga to‘lib, vazni oshishni boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Arya kuniga 5 mahal ovqatlangan. Shuni ta’kidlash kerakki, uning har bir ovqatlanishiga ketgan oziq-ovqatga 2 nafar katta kishini to‘ydirish mumkin bo‘lgan.

Og‘ir vazn tufayli bolaning hayot tarzi ham o‘zgargan. U mustaqil ravishda harakatlana olmagan. Do‘stlari bilan o‘ynamagan, maktabga bora olmagan. Arya kun bo‘yi faqat yotgan, ovqatlangan, uxlagan. Issiq kunlarda esa kichik hovuzda telefon o‘ynab o‘tirgan.

Aryaning ota-onasi bolaning hajmi tufayli unga mos keladigan kiyim-kechak sotib olishga ham qiynalishgan. Og‘ir vazn bolaning salomatligiga ham ta’sirini o‘tkazgan. Arya tez charchagan va nafasi siqilib turgan.

2017 yil aprel oyida Aryaning oshqozonida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Bu amaliyotdan so‘ng Arya 3 haftada 20 kg vazndan halos bo‘lgan.

Aryaga qat’iy ravishda past kaloriyali va kam uglevodli ovqatlardan iborat diyeta tayinlandi. Natijada u meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilishni boshladi.

Ayni vaqtda 12 yoshli Arya 120 kg vaznga ega. Hozir u maktabga boryapti, do‘stlari bilan futbol, badminton o‘ynashni boshladi. Har kuni 2 km masofaga yugurish mashqini ham bajaryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahondagi eng og‘ir bola 76 kg vazn yo‘qotdi