21:20 / 29.01.2018
6 163

Avtobus halokati: kechikkan qutqaruvchilar aholi tomonidan toshbo‘ron qilindi

Avtobus halokati: kechikkan qutqaruvchilar aholi tomonidan toshbo‘ron qilindi
Bugun, 29 yanvar kuni Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus daryoga qulab tushdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, voqea oqibatida kamida 10 kishi vafot etgan, 7 kishi qutqarib olingan.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtobus 42 kishiga mo‘ljallangan, ammo hozircha voqea sodir bo‘lgan vaqtda uning ichida necha kishi bo‘lganligi noma’lum.

Mahalliy aholi qutqaruv operatsiyasini o‘zlari boshlashgan. Politsiya va qutqaruvchilar voqea joyiga kechikib kelishgach, aholi ularni toshbo‘ron qilish orqali o‘z noroziliklarini bildirishgan. Bir necha mashinalar yoqib yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avtobus halokati: kechikkan qutqaruvchilar aholi tomonidan toshbo‘ron qilindi