23:39 / 29.01.2018
5 203

Volkswagen maymunlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi

Volkswagen maymunlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi
Volkswagen kompaniyasi hayvonlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi. Kompaniyaga qarshi AQShda berilgan sud arizasiga ko‘ra, kompaniya 2014 yilda germetik kameraga 10 ta maymun qamab qo‘yilib, ularga multfilm qo‘yib berilib, dizelda ishlovchi Volkswagen Beetle modelidan chiqayotgan chiqindi gazlar bilan nafas olishga majbur qilingan tajribani moliyalashtirgan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Tajriba Albukerkedagi nafas yo‘llari kasalliklari tadqiqot institutida transportning atrof-muhit va salomatlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha Yevropa guruhi buyurtmasi bilan o‘tkazilgan. Ushbu tajribaga mablag‘larni Volkswagenֹ’dan tashqari, Daimler va BMW ham ajratgan.

Sinovlardan maqsad zamonaviy dizel dvigatellar avvalgi dvigatellardan ancha xavfsizroq va tozaroq ekanini isbotlash bo‘lgan. Biroq tadqiqot o‘tkazuvchi olimlarga avtomobillarda zararli chiqindilar miqdorini kamaytiruvchi maxsus dasturiy ta’minot qo‘llanishini ma’lum qilishmagan.

Volkswagen’ning eng yirik aksiyadori hisoblanuvchi Quyi Saksoniya hukumati ushbu tajribalar haqida ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishni va kelgusida bunday tadqiqotlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.

O‘z navbatida Volkswagen rahbariyati ushbu holat yuzasidan uzr so‘ragan va o‘sha vaqtda tanlangan ilmiy usullar xato bo‘lganini aytgan. Daimler va BMW kompaniyalarida tadqiqotlar qonuniy bo‘lgani va yetakchi ilmiy-tadqiqot instutlari olimlaridan iborat maslahat kengashi tomondan ma’qullangani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Volkswagen maymunlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi