11:21 / 30.01.2018
5 042

Texasdagi qamoqxonadan qochgan mahbus yegulik va ichimlik sotib olgach, yana ortiga qaytdi

Texasdagi qamoqxonadan qochgan mahbus yegulik va ichimlik sotib olgach, yana ortiga qaytdi
Texas shtatidagi Bomont federal qamoqxonasi mahbusi bo‘lgan qochoqni qo‘lida yegulik solingan qog‘oz idish bilan qo‘lga tushirishdi. U qamoqxona hududiga yashirincha kirayotgan ekan.

AQShning Jefferson okrugi sherifining "Facebook"dagi sahifasidagi qaydlarga asoslanib, O‘zA mazkur voqea haqida xabar qildi.

Politsiyachilar qamoqxonadan bir nechta mahbus qochgani, ular qo‘shni ranchoda to‘xtagan begona yukmashinadan kontrabanda mahsulotlari xarid qilib, yana ortga qaytgani haqida xabar oladi.

Shundan so‘ng qamoqxona xizmatchilari videokuzatuvni kuchaytirdi.

Politsiya qo‘ygan tuzoqqa dallaslik Joshua Xansen tushib qoldi. 25 yoshli mahbus giyohvand moddalar oldi-berdisi bilan shug‘ullangani uchun ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Qochoq Joshuani politsiyachilar qayta hibsga olib, kamerasiga jo‘natishdi.
Qochoq mahbuslar ishi yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasdagi qamoqxonadan qochgan mahbus yegulik va ichimlik sotib olgach, yana ortiga qaytdi