20:02 / 30.01.2018
5 108

OAV: KXDR Janubiy Koreya harbiylarini Pxenyandagi paradga taklif qilmoqchi

OAV: KXDR Janubiy Koreya harbiylarini Pxenyandagi paradga taklif qilmoqchi
Koreya milliy armiyasi tuzilgani yubileyi munosabati bilan tashkil etiladigan parad Olimpiada-2018 arafasida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

KXDR hukumati Kim Chen In nomidan Janubiy Koreya harbiylarini ham 8 fevral kuni Pxenyanda bo’lib o’tadigan paradga taklif qilish niyatida. Bu haqida Yaponiya OAVda shu mazmundagi xabarlar chop etilgan.

Xabarda aytilishicha, Janubiy Koreya harbiy kuchlarining Pxenyandagi paradga taklif etilganligi haqidagi ma’lumot KXDRning horijdagi vakolatxonasiga taqdim etilgan. Hujjatda Seul bilan bu borada muzokaralar olib borilayotgani haqida qayd etiladi.

Ammo ayrim ma’lumotlarda Janubiy Koreya hukumati ushbu malumotni inkor etgani, hatto taklif olsalar ham, paradda ishtirok etmaslik ehtimoli katta ekanligini aytgani haqida xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: KXDR Janubiy Koreya harbiylarini Pxenyandagi paradga taklif qilmoqchi