21:13 / 30.01.2018
8 961

Bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi (Video)

Bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi (Video)
O‘sh bozorining shimoliy-sharqiy qismida katta yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Knews.kg nashriga tayanib darakchi.uz

Voqea joyiga 5 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in savdo nuqtalaridan biridan chiqqan. Soat 09:48 da yong‘in haqida xabar berilgan.

Jabrlanganlar yo‘q. Bozor atrofini qalin tutun o‘rab olgan. Yong‘inning ilk daqiqalarida sotuvchilar omborxonada va savdo nuqtalarida bo‘lgan tovarlarni olib chiqishga harakat qilishdi. Yong‘in kuchaygandan keyin o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan pavilonlarga hech kimni kirgizmadi.

O‘t o‘chiruvchilarning harakatlarini tomosha qilish uchun yuzlab odamlar yig‘ildi. Hozircha talon-tarojlik fakti haqida ma’lumot berilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi (Video)