22:40 / 02.02.2018
5 147

Poyezd tagiga o‘zini tashlagan hindistonlik omon qoldi (video)

Poyezd tagiga o‘zini tashlagan hindistonlik omon qoldi (video)
Hindiston g‘arbidagi temir yo‘l stansiyasi xodimi ko‘pchilik yo‘lovchilar va boshqa ishchilar ko‘z o‘ngida o‘zini poyezd tagiga tashladi va omon qoldi. Uning bu harakati kameralarga tushib qoldi, deb yozadi Xabar.uz.

Kerla stansiyasiga poyezd kirib kelayotganida 42 yoshli Vishvas Bansode yugurib borib relslar orasiga yotib oldi. Yo‘lovchilar hayajondan qichqirib yuborishdi, uning shu tarzda o‘z joniga qasd qilishiga deyarli hammaning ishonchi komil edi. Ammo hech kim unga yordam bera olmadi, chunki poyezd juda yaqin kelib qolgandi. Poyezd o‘tib ketganidan keyin, hamma dahshatli holatni kutib turgan bir paytda, erkak xotirjam o‘rnidan turdi va chetga chiqdi.
Ushbu hodisani quyidagi havola orqali ko‘rish imkoniga egasiz.

Uni jiyani olib ketdi, keyinchalik Vishvas o‘sha paytda mast bo‘lgani aniqlandi. Hozirda unga nisbatan qanday chora ko‘rilishi ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poyezd tagiga o‘zini tashlagan hindistonlik omon qoldi (video)