11:00 / 03.02.2018
7 390

Xitoyda kuchukcha odamlar oldida ilonga yem qilindi

Xitoyda kuchukcha odamlar oldida ilonga yem qilindi
Xitoydagi hayvonot bog‘laridan birining xodimlari omma oldida kichkina kuchukchani ilonga ovqat sifatida berdi va bog‘ga tashrif buyurganlarni hayratda qoldirdi, deb yozmoqda Daryo.uz.

Hodisa Xitoyning Pindinshan shahrida yuz bergan. Guvohlar hodisa aks etgan surat va videolarni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan va bu foydalanuvchilarni jumbushga keltirgan.

Hodisaga hayvonlarni himoya qiluvchi jamiyat e’tibor qaratgan va Xitoyda hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha qonunga ehtiyoj borligini ta’kidlagan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyati ilonlarni ovqatlantirish uchun «uchinchi shaxslar» javob berishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng kuchukchalarni ilonlarga ovqat sifatida berish to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda kuchukcha odamlar oldida ilonga yem qilindi