World Justice Project xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligi jahon reytingini e’lon qildi. Unda 113 mamlakat nomi keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston 91-o‘rinda qayd etilgan, bu o‘tgan yilga qaraganda 2 pog‘ona yuqori ko‘rsatkichdir.
Qonun ustuvorligi reytingi yilda bir marta tuziladi. Bu yilgi reytingda Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. AQSh 19-o‘rinda kelgan. Eng oxirgi o‘rinda Venesuela qayd etilgan.
Qozog‘iston 113 mamlakat ichidan 64-o‘rinni, Qirg‘iziston 82-o‘rinni, Afg‘oniston esa 111-o‘rinni egallagan. Reytingda Tojikiston va Turkmaniston yo‘q.
WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko‘rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi