10:15 / 06.02.2018
12 811

4 metrlik bo‘g‘ma ilon sayyohlar ko‘z o‘ngida kiyikni yutib yubordi (video)

4 метрлик бўғма илон сайёҳлар кўз ўнгида кийикни ютиб юборди (видео)
Shri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, uni yutib yuborgan 4 metrlik bo‘g‘ma ilonni videoga olishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Rolik yanvar oxirida mamlakatning janubidagi Bundala milliy bog‘ida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr keladigan ilon kiyikni naq bir soat davomida “tanovul qilgan”.

Bog‘ xodimining aytishicha, ilonning odamlar ko‘z o‘ngida o‘ljasini yutishi noodatiy hol hisoblanadi, chunki ular odamlar nigohini sezgach, o‘ljani tashlab “jo‘nab” qolishadi. Xodimning ta’kidlashicha, ulkan ilon endi bir necha oy “qornini to‘yg‘azish”ni o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Bundala milliy bog‘i xalqaro ahamiyatdagi tabiat ob’ekti hisoblanadi. Qo‘riqxonada 324 turdagi umurtqali jonzot, jumladan 32 turdagi baliq, 15 turdagi amfibiya, 48 turdagi sudralib yuruvchi, 197 turdagi qush va 32 turdagi sut emizuvchi qayd qilingan. Bundan tashqari, bog‘da 52 turdagi kapalak va boshqa ko‘plab turdagi umurtqasizlar yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 4 metrlik bo‘g‘ma ilon sayyohlar ko‘z o‘ngida kiyikni yutib yubordi (video)