15:02 / 06.02.2018
6 768

Turkman prezidentining o‘g‘li “Meros” laqabli otda sayr qildi

Turkman prezidentining o‘g‘li “Meros” laqabli otda sayr qildi
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar bilan birgalikda Ashxabod yaqinidagi Axaltaka ot majmuasiga bordi. Rasmiy matbuotning 4 fevral kuni ma’lum qilishicha, Turkmaniston prezidenti Gudjurlы (Kuchli) laqabli otda, o‘g‘li esa Miras (Meros) laqabli otda sayr qilishgan.

«Bu yerda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov “Miras” laqabli ot egarida bo‘lgan o‘g‘li Serdar bilan ommaviy fizkultura-sog‘lomlashtirishni rivojlantirish va sportda yuksak marralarni qo‘lga kiritish borasida fikr almashdi», deya xabar berdi davlatga tegishli TDX axborot agentligi.

2017 yil aprelida Turkmaniston prezidenti, Miras laqabli arg‘umoqda ot poygasida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan, hamda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi, rasmiy matbuotning o‘shanda tarqatgan xabariga qaraganda, sovrin mablag‘lari yilqichilikni rivojlantirish ehtiyojlariga topshirilgan edi.

Bundan avval tarqatilgan xabarlarga qaraganda Miras (Meros) laqabli arg‘umoqni davlat rahbarning nabirasi Kerimguli Berdimuhammedov voyaga yetkazgan va poygaga tayyorlagan.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov muntazam suratda otda sayr qilishni odat qilib olgan, ayrim hollarda davlat rahbariga oilda a’zolari hamrohlik qiladi. 2017 yilning bahorida Gurbanguli Berdimuhamedov velopoygada ishtirok etdi va o‘g‘li Serdor hamda nabirasi Kerimguli hamrohligida otda sayr qildi.

So‘nggi yillarda Serdar Berdimuhammedovning siyosiy-jamoatchilik faolligi kuchaymoqda, uning shaxsiyatiga rasmiy matbuot ham aloxida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, u o‘z otasining siyosiy meroso‘rligi roliga tayyorlanayotgani xaqidagi fikrlar ham aytiladi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkman prezidentining o‘g‘li “Meros” laqabli otda sayr qildi