20:38 / 06.02.2018
3 926

Xitoyda mashina haydamaganlarga pul to‘lanadi

Xitoyda mashina haydamaganlarga pul to‘lanadi
Pekindagi atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurash doirasida mashinasini haydashdan voz kechib, jamoat transportida yurishga o‘tadiganlarni rag‘batlantirish usuli qo‘llanilmoqda.

Mashinasi 24 soat davomida to‘xtash joyida turgan haydovchilarga “WeChat” internet ilovasi orqali kuniga 0,2dan 0,7 yuangacha haq to‘lanadi. Pekindagi havo ifloslanishida avtomobillardan chiqariluvchi karbonat angidrid katta o‘rin tutadi. Shu tufayli mahalliy hukumat ko‘chalardagi mashinalar sonini kamaytirish va atmosferaga zararli gazlar chiqarilishining oldini olish uchun turli usullarni qo‘llab ko‘rmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda mashina haydamaganlarga pul to‘lanadi