00:00 / 08.02.2018
6 649

“Jodugarlar” qizning oyog‘ini qaynoq suvga botirishdi

“Jodugarlar” qizning oyog‘ini qaynoq suvga botirishdi
Germaniyada o‘tkazilgan karnavaldan so‘ng 18 yoshli qiz oyoq kuyishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Voqea Germaniyaning Eppingen shahrida o‘tkazilgan karnavalda yuz berdi. Jodugarlar libosini kiyib olgan ikki kishi hazillashib, qizni ko‘targancha ichida suv qaynayotgan qozonga botirgan. Ulardan biri qizni ko‘tarib turgan, ikkinchisini esa uning oyoqlarini qaynoq suvga tiqqan.

Politsiyachilar ayni paytda jodugarlar libosini kiyib, mazkur jinoyatni amalga oshirgan noma’lum shaxslarni qidirmoqda. Ular ehtiyotsizlik tufayli inson sog‘ligiga ziyon yetkazishda ayblanmoqda. Qiz esa kasalxonada yotibdi. Shifokorlarning ma’lumot berishicha, u yana biror hafta davolanishi lozim.

«Fastnaxt» festivali — har yili Germaniyada o‘tkaziladigane karnavallardan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etgan odamlardan ertak va afsonalardagi jodugarlarning, shaytonlarning, masxarabozlarning va boshqa qahramonlarning liboslarini kiyish talab etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Jodugarlar” qizning oyog‘ini qaynoq suvga botirishdi