08:30 / 08.02.2018
3 399

Amerikalik fuqaro o‘z uyini mushukxonaga aylantirdi

Amerikalik fuqaro o‘z uyini mushukxonaga aylantirdi
2006 yilda temir yo‘l yonida 30 ta kasal mushuk «mustamlaka»sini topib olgach, Arseno o‘z hayotini mushuklarga bag‘ishladi. Bu hodisa uning o‘g‘li vafot etganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Keyingi yillarda sobiq temir yo‘l xodimi mahalliy xayriya tashkiloti va jonivorlarga boshpana ajratuvchi tashkilotlar bilan bog‘lanib, 300 tagacha mushuklarni qabul qildi. «Mushuklarning ko‘pchiligi tashlab ketilgan yoki egasiz bo‘lgan. Shu bois, ular o‘zlarini xavfsiz his etishlari uchun joy bilan ta’minlash kerak edi», deydi Kris Arseno.

Mana 12 yildan buyon hayotini kosani suvga to‘ldirish, mushuklariga qovurilgan tovuqlar berish bilan o‘tkazadi. «Baxtli mushuklar» uchun mablag‘ Aseno va xayriya tashkilotlari tomonidan ajratiladi. Bir yilda boshpana ta’minoti taxminan 101 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shu jumladan, hayvonlar uchun 80 ming dollar va veterinariya shifokorlari uchun 21 ming dollar ajratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik fuqaro o‘z uyini mushukxonaga aylantirdi