18:00 / 10.02.2018
5 377

Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentini KXDRga taklif qildi

Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentini KXDRga taklif qildi
KXDR rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni Shimoliy Koreyaga taklif qildi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Janubiy Koreya prezidentiga «qisqa vaqt ichida» Pxenyanga tashrif buyurish borasidagi taklifni KXDR rahbarining singlisi Kim Yo Chjon yetkazdi.

Shimoliy Koreya delegatsiyasi prezident saroyiga tashrif buyurdi va Janubiy Koreya prezidenti uyushtirgan tushlikda ishtirok etdi.

Mun Chje In agarda kerakli barcha «sharoitlar yaratilsa» KXDRga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Kelinglar, kelajakda zaruriy barcha shart-sharoitlarni yaratib, yakdil kelishuvga erishaylik», — dedi «janub» yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon hamda 21 kishidan iborat delegatsiya Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari tomosha qilish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentini KXDRga taklif qildi