18:40 / 10.02.2018
8 010

O‘zbekistonlik 20 yashar qiz BMT minbarida nutq so‘zlab, dunyoni lol qoldirdi

O‘zbekistonlik 20 yashar qiz BMT minbarida nutq so‘zlab, dunyoni lol qoldirdi
O‘zbekistonlik 20 yashar qiz BMT minbarida nutq so‘zlab, dunyoni lol qoldirdi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Nigina Yuldasheva Buxorodagi iqtisodiyot kollejini bitirgan. Shunday keyin Oliy o‘quv yurtiga kirgan va chet tillarini o‘rganishni boshlagan.

U internetda e’lon qilinadigan xalqaro tanlovlarni doimo kuzatib borgan va “Many languges One World” tanlovida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan.

Shu munosabat bilan Nigina AQShga, BMT bosh qarorgohiga boradi va u yerda turli davlatlardan kelgan 60 nafar g‘olib bilan uchrashadi.

Hay’at mazkur ishtirokchilarning barchasiga BMT minbarida nutq so‘zlash imkoniyatini beradi.

Nigina Yuldasheva o‘zining BMT minbaridagi hissiyotlari haqida quyidagilarni gapirdi:

“O‘zimning his-tuyg‘ularimni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman va albatta dunyodagi barcha prezidentlar chiqqan minbarda nutq so‘zlaganimdan faxrlanaman.

Men u yerda Vatanim tarixi, erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zladim. O‘zimga ishonch bilan gapirdim, butun dunyo meni tomosha qilayotganini his etdim. Prezidentimiz yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratib berayotgani haqida so‘zladim.

Meni tinglagan jahon hayratga tushdi. Ko‘pchilikda yurtimizga kelish orzusi paydo bo‘ldi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik 20 yashar qiz BMT minbarida nutq so‘zlab, dunyoni lol qoldirdi