23:55 / 11.02.2018
4 642

Xayriyaparvarlar reytingi: 50 ishbilarmon bir yilda qancha xayriya qildi?

Xayriyaparvarlar reytingi: 50 ishbilarmon bir yilda qancha xayriya qildi?
O‘tgan yili eng saxiy 50 shaxs va oilaviy juftlik umumiy hisobda 14,7 milliard dollardan ortiq mablag‘ni xayriyaga sarflashdi.

Bu raqamlar mamlakatning asosiy xayriyaparvarlari safga qaytganini bildiradi va 2016 yilda eng yirik filantroplar tomonidan xayriya qilingan 5,6 milliard dollarni, 2015 yildagi - 7 milliard dollar hamda 2014 yildagi 10,2 milliard dollarlik ko‘rsatkichni ancha ortda qoldiradi. Aslini olganda, bu buyuk retsessiya AQShdagi xayriya ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlagan 2008 yildan keyingi eng yuqori summa. Forbes shu mavzudagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.

Nima uchun 2017 yil xayriya uchun bunday omadli keldi? Chunki fond bozorining ikki yillik muvaffaqiyatli rivojidan keyin dunyoning badavlat kishilari ko‘p pulni qo‘lga kiritishdi, deyiladi 25 yildan beri xayriya ishlarini yoritib boruvchi The Chronicle of Philanthropy nashrida.

The Chronicle har yili mamlakatning eng saxiy 50 kishisi umumiy hisobda xayriyaga sarflagan mablag‘i haqida «The Philanthropy 50» hisobotini taqdim etib boradi.

Joriy yilda ro‘yxatni Bill va Melinda Geytslar juftligi boshqardi. Ta’kidlash joizki, bu oilaviy juftlikning to‘rtinchi marta oliy o‘ringa loyiq ko‘rilishi. Asosan Bill Geytsning Microsoft hammuassisi va sobiq CEO sifatidagi mavqei ortidan boylik to‘plovchi juftlik 2017 yilda 4,8 milliard dollar mablag‘ni xayriyaga sarflagan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Bill Geytsning moliyaviy holati hozirda 90,5 milliard dollarga yetgan. Bu uni Amazon asoschisi Jeff Bezosdan keyin dunyoning ikkinchi eng badavlat kishisiga aylantirgan.

Geytslarning yirik xayriyasi ularning o‘ziga qarashli dunyoning eng yirik xususiy xayriya tashkiloti tomonidan qabul qilingan. 2016 yil oxiriga kelib, uning ustav kapitali 40,3 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu yilgi xayriya juftlikning 2016 yildagi shaxsiy xayriyasi (141,4 million dollar)ni mutlaqo ortda qoldiradi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasi yana bir mashhur juftlik tomonidan band etilgan: Mark Sukerberg va Prissilla Chan. Bularning 73,7 milliard dollarga baholanuvchi boyligi Sukerbergning 2004 yilda o‘zi tomonidan asos solingan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi hissasi bilan bog‘liq. Chan va Sukerberg pullarni Geytslar kabi o‘zlarining xayriya tashkilotlari (Chan Zuckerberg Foundation, Zuckerberg Donor Advised Fund)ga asos solishga sarflashgan.

Chronicle of Philanthropy ro‘yxatining uchinchi pozitsiyasida 2017 yilda 1 milliard dollar sarflagan Maykl Dell va uning turmush o‘rtog‘i Syuzan egallab turishibdi. Forbes ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, Dell Computers asoschisi 23,6 milliard dollar boylikka ega. Ko‘rsatilgan summani qabul qiluvchi Ostin (Texas shtati)da joylashgan Maykl va Syuzan Dell fondi bo‘ldi.

AQShning eng saxiy kishilari va juftliklari ro‘yxatini diqqat bilan kuzatsangiz, unda texnologiya sohasining ustunlik qilayotganini ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xayriyaparvarlar reytingi: 50 ishbilarmon bir yilda qancha xayriya qildi?