10:02 / 12.02.2018
5 290

Xitoyda suyultirilgan gaz tashuvchi mashina falokatga uchrab yong‘inga sabab bo‘ldi (video)

Xitoyda suyultirilgan gaz tashuvchi mashina falokatga uchrab yong‘inga sabab bo‘ldi (video)
11 fevralda Xitoyning Pekin–Xarbin avtomobil yo‘lida avtofalokat yuz berdi. Voqea avtomobillardan birining videoregistratorida qayd qilingan.

Suyultirilgan gaz tashiyotgan yuk mashina yo‘lning qatnov qismidan tashqariga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Buning oqibatida yuk mashinasining gaz to‘ldirilgan sisternasi shikastlangan va undagi gaz tashqariga chiqib, yirik yong‘inga olib kelgan.

Yong‘in ichida bir necha mashina qolib ketgan. Video muallifi oilasi bilan birga xavfli joyni tark etishga ulgurib qolgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida ikki kishi jarohat olgan, uchta mashina yonib ketgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda suyultirilgan gaz tashuvchi mashina falokatga uchrab yong‘inga sabab bo‘ldi (video)