21:50 / 12.02.2018
4 341

Uyida soxta 41 million yevro saqlagan italiyalik qo‘lga olindi

Uyida soxta 41 million yevro saqlagan italiyalik qo‘lga olindi
Yakshanba kuni Italiya karabinerlari (otliq jandarmi) Neapol yakinida soxta pul chiqaruvchi firibgardan qirq million yevro pulni musodara qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Torre-del-Grekoda yashovchi soxta pul chiqarishda gumon qilinayotgan shaxsning uyi tintuv qilinayotganda, omborxona ichida bir nechta suv o‘tkazmaydigan qopqoqlar bilan qattiq berkitilgan bochkalar karabinerlarning diqqatini tortdi.

Ular ochilganida karabinerlar 90 ta paketga joylashtirilgan, 50 va 100 yevrolik kupyuralardan iborat, qiymati 41 million yevro bo‘lgan soxta pullarni topishdi.

Banknotlardan tashqari, bochka ichidan 50 yevrolik pullarni chop etuvchi uskuna va sinov uchun chiqarilgan qog‘oz pul varaqalari topildi.

Mahalliy OAV ning ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan barcha pullarni sanash uchun olti kishi va besh soat vaqt kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyida soxta 41 million yevro saqlagan italiyalik qo‘lga olindi