Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri 2017 yilda bu shaharga kelgan 350 ming muhojir uchun ish joyiga aylandi. Ulardan 230 mingi Rossiyada ishlash uchun patent olgan. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda Peterburgdagi patentlarning 93 foizi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga rasmiylashtirilgan. Ulardan ko‘pchiligi xizmatlar sohasida (29,9 foiz), qurilish (18,3) va ishlab chiqarishda (13 foiz), 10 foizdan kamrog‘i esa savdo, transport, mehmonxona va restoran bizneslarida ishga joylashgan.
“Muhojirlar asosan yordamchi ishchilar (55 foiz) sifatida ishga joylashadilar. 5 foizdan kamrog‘i haydovchi, oshpaz, sotuvchi, 1 foizdan kamrog‘i, bo‘yoqchi, yuk tashuvchi, armaturachi, g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi”, deyilgan xabarda.
2017 yilda Peterburgda patent asosida 230 ming muhojir ishlagani va shaharda patent narxi 3000 rublni tashkil qilgani hisobga olinsa, shahar byudjetiga 630 mln rubl yoki 12 mln dollar daromad kelib tushgan. 2018 yilda Rossiyaning ko‘plab sub’ektlarida patent narxi oshgan. Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida patent narxi hozirda 3500 rublni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»