17:35 / 18.02.2018
5 216

Eronda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Eronda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi
Eronning Aseman Airlines aviakompaniyasi mamlakat janubida ATR 72-500 rusumli samolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi. Press TV tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyot Dena ziyoratgohi joylashgan tog‘li hududda qulab tushgan.

Samolyot bortida jami 66 kishi bo‘lgan.
Kompaniya toshlarga urilgan samolyotdagi barcha odam halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Isfahon viloyati gubernatorining ma’lum qilishicha, hududda ayni vaqtda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqaruvchilar vertolyotlari voqea joyiga yetib bora olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi