11:50 / 19.02.2018
4 870

Dengiz sayohatiga chiqqan laynerdagi mushtlashuv videoga olindi (video)

Dengiz sayohatiga chiqqan laynerdagi mushtlashuv videoga olindi (video)
Tinch okeanning Avstraliya qirg‘oqlariga yaqin joyida 10 kunlik safarga chiqqan Carnival Legend sayohat layneri ko‘tarilgan janjalda kamida 30 kishi ishtirok etdi.

Oqibatda ommaviy janjalda ishtirok etgan bir oilaga tegishli 23 kishi kemadan tushirib yuborildi. Janjal chiqishiga yo‘lovchilardan birining kemadagi ayollardan birining ko‘ylagi etagini bosib olgani sabab bo‘lgan. U kechirim so‘raganiga qaramay, uzri qabul qilinmagan.

Kema qo‘riqchisi erkakka qo‘l ko‘targandan keyin uni qarindoshlari himoya qilib, katta janjal ko‘tarilgan. Carnival Legend layneri tegishli bo‘lgan turistik firma voqea yuzasidan surushtiruv ishlarini olib bormoqda.

Mazkur janjal tafsilotlari aks etgan videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dengiz sayohatiga chiqqan laynerdagi mushtlashuv videoga olindi (video)