16:05 / 19.02.2018
5 338

Britaniyalik ayol barmog‘ini kesib, bo‘yniga munchoq qilib taqib oldi

Britaniyalik ayol barmog‘ini kesib, bo‘yniga munchoq qilib taqib oldi
Jimjilog‘ini kesgan britaniyalik ayol uni munchoq qilib bo‘yniga taqib oldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Britaniyaning Esseks grafligida yashovchi Tors Reynolds (Torz Reynolds) chap qo‘lining jimjilog‘ini o‘zi bolt kesuvchi moslama bilan kesib olgan.

Uning bunday yo‘l tutishiga o‘z barmog‘ini chopgan do‘sti sababchi bo‘lgan. Barmog‘ini kesishdan ilgari Reynolds bir muddat jimjilog‘ini bukib yurishni mashq qilgan. Kesib olingan barmoqni ayol muzlatkichga solib qo‘ygan. Oradan bir muddat o‘tgach, kesilgan barmoqni spirtli bankachaga solib, bo‘yniga munchoq qilib taqib olgan.

Bu Torsning ilk marotaba jonini og‘ritishi emas, 2014 yilda yigiti xiyonat qilganda yelkasidagi tatuirovkasini kesib olib, sovg‘a sifatida unga yuborgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ayol barmog‘ini kesib, bo‘yniga munchoq qilib taqib oldi