09:52 / 20.02.2018
5 857

Amerikaning «51-hudud» deb nomlangan maxfiy bazasi yaqinida "o‘ta sirli" aylana paydo bo‘ldi…

Amerikaning «51-hudud» deb nomlangan maxfiy bazasi yaqinida "o‘ta sirli" aylana paydo bo‘ldi…
Ufologlar bu sirli aylanani «Ajal aylanasi» deb nomlashdi. Xo‘sh, nega? Sababi nimada?

Barchaga ma’lum, «51-hudud» Nevada sahrolariga yaqin manzilda joylashgan va bu bazada Amerika qo‘shma shtatlarining o‘ta maxfiy texnika vositalari, jumladan, uchar tovoqlari yaratiladi, ishlab chiqariladi. Baza tugul, uning yaqiniga ham begona odam bora olmaydi. 50-60 kilometr radiusni qurollangan harbiylar, raketa uskunalari qo‘riqlab turadi.

Ufologlarning gapiga ko‘ra, bu aylana «Ajal aylanasi» deb nomlanishiga asosiy sabab aylana ichkarisida hech qanday giyoh ko‘karmaydi. Bu aylana yo maxfiy uchish uskunasi qo‘ndiriladigan joy, yoki o‘zga sayyoraliklar kemasi qo‘nishi uchun mo‘ljallangan maydon. Bundan tashqari, qachondir Pentagon shu aylana ichkarisida maxfiy qurolni sinovdan o‘tkazgan-u, shunday keyin giyoh o‘smas darajaga yetgan bo‘lishi ham mumkin.

Albatta, bu fikrlarning barchasi shunchaki taxminlar xolos. Negaki, aylana qurollangan harbiylar tarafidan qo‘riqlanadi. U yerga hatto jurnalistlar ham yaqinlasha olmaydi.

Manba: Hordiq.uz

sirli aylana o‘zga sayyoraliklar «51-hudud»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)