4 860
Ramzan Qodirovning diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekistondagi islomiy islohotlar haqida (video)
Checheniston Respublikasi rahbarining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Adam Shahidov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasini ulug‘lash va olim tomonidan amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berishini e’tirof etib o‘z fikrlarini izhor etdi.
- Assalomu alaykum. Bir necha kunlar muqaddam biz chechen xalqi uchun ajoyib bir xushxabarni eshitdik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad hoji Qodirovning ustozi, butun dunyo islom ummatining ulamosi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomlariga Toshkent shahrida masjid barpo etilayotgan ekan. Bu barchamizga cheksiz quvonch baxshida etdi.
Shaxsan men hazrat bilan turli xalqaror anjumanlarda, jumladan, Chechenistonda o‘tgan tadbirlarda uchrashganman, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lganman. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning din ravnaqi va istiqboli uchun amalga oshirayotgan ishlarini yuksak baholayman va bu ishlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi