10:12 / 23.02.2018
3 294

Noma’lum shaxs Vashingtondagi harbiy bazani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan

Noma’lum shaxs Vashingtondagi harbiy bazani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan
AQSHning Vashington shtatidagi Kitsan harbiy-dengiz bazasi qo‘mondoni Alan Shreyderning aytishicha, noma’lum shaxs obyektni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, baza darvozalariga qora jip kelgan.

“Haydovchi tanasi va mashinada qo‘lbola portlovchi qurilmalar bor ekani haqida ma’lum qilgan”, - deya aytib o‘tdi Shreyder.

Harbiyning ta’kidlashicha, haydovchi qo‘lga olingan, bazada trevoga e’lon qilindi va xavfsizlik chegarasi o‘rnatildi.

Ayni damda FTB ishtirokida tergov olib borilmoqda. Shreyderning ta’kidlashicha, “vaziyat nazorat ostida”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noma’lum shaxs Vashingtondagi harbiy bazani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan