4 487
64 mlrd dollar. Saudiya Arabistoni ko‘ngil ochish sanoatida inqilobiy o‘zgarishlar kutilmoqda
Saudiya Arabistoni keyingi 10 yil ichida ko‘ngil ochish sanoatiga 64 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda “Arab News”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.
Mablag‘lar ko‘ngil ochish infratuzilmasini barpo etish, konetsertlar, myuzikllar tashkillashtirish, komiklar chiqishi va mamlakatdagi birinchi opera teatri qurilishiga sarflanadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining ko‘ngil ochish boshqarmasi rahbari Ahmad bin Oqil Al-Xatib ma’lum qildi.
Ushbu boshqarma mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar dasturi Vision 2030 doirasida tashkil etilgan.
Ushbu investitsiyalar bu dasturning bir qismi bo‘ladi: mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon qirollikning neftga bog‘liqligini kamaytirib, iqtisodiyotni jumladan ko‘ngil ochish sanoatiga sarmoya kiritish hamda aholi o‘z pullarini hordiq chiqarishga sarflay boshlashlari hisobiga difersifikatsiya qilmoqchi.
Al-Xatibning aytishicha, 2018 yilda qirollikda 5 mingdan ko‘proq ko‘ngilochar tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular orasida Maroon 5 musiqiy guruhi va Cirque Du Soleil sirk jamoasi artistlari chiqishlari bor.
Bundan tashqari, 2018 yilda mahalliy aholi va sayyohlar mamlakatning 56 ta shahrida myuzikllar, oilalar uchun shoular, stendap-komiklar chiqishlari, konsertlar, sirk tomoshalariga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, mart oyida mamlakatda 35 yillik taqiqlovdan keyin ilk kinoteatr ochilmoqchi.
Bundan tashqari, Jidda shahrida qirollikdagi ilk opera teatri quriladi.
Bularning barchasi oxirgi 20 yil davomida konsertlar, restoran va do‘konlarda musiqa taqiqlangan davlatda ro‘y bermoqda.
Al-Xatibning aytishicha, 2030 yilga qadar ko‘ngil ochish sanoatini rivojlantirish dasturi yordamida 224 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi