12:12 / 23.02.2018
5 876

Teleboshlovchi ko‘rsatuv mehmoni bilan efirda mushtlashib ketdi

Teleboshlovchi ko‘rsatuv mehmoni bilan efirda mushtlashib ketdi
Rossiyaning NTV telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan “Mesto vstrechi” teledasturida ko‘rsatuv boshlovchisi Andrey Norkin va ukrainalik politolog Dmitriy Suvorov o‘rtasida mushtlashuv yuzaga keldi, deya xabar qildi Darakchi nashri.

Ko‘rsatuv davomida Donbassdagi vaziyat muhokama etilayotgandi. Ukrainaning sharqida bo‘lgan nemis deputati Andreas Maurer studiyada regiondagi jangovor harakatlar tufayli bolalar halok bo‘layotganini aytadi. Suvorov o‘lgan bolalarning fotosuratlarini ko‘rsatishni talab qilib, haqorotomuz so‘zlarni tilga oladi. Boshlovchi Andrey Norkin politolog yoniga kelib, uning yelkasidan ushlaydi va o‘rtada yoqalashuv ro‘y beradi. Janjalga boshqalar ham aralashib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Teleboshlovchi ko‘rsatuv mehmoni bilan efirda mushtlashib ketdi