Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Telegram’dagi kanalida zamonaviy Rossiyadagi xalqlar huquqlari haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, u Iosif Stalinning 1944 yil 23 fevraldagi farmoni bilan amalga oshirilgan chechen xalqi ommaviy deportatsiyasi haqida eslatib o‘tdi.
“Bugun biz yangi Rossiyada yashamoqdamiz, bu yerda har bir xalqqa real huquqlar va erkinlik kafolatlangan. Biz o‘z milliy fojiamizni yodda tutamiz, unda qurbon bo‘lganlar doimo xotiramizda yashaydi, bu haqda hech qachon unutmaymiz!” - deya yozdi Qodirov.
Uning aytishicha, ko‘plab qudratli davlatlar chechen xalqini yo‘q qilishga harakat qilib urushlar olib borgan.
“Biroq, bu urushlardan birontasini Iosif Stalinning (ming la’nat unga) chechen xalqiga qarshi qatag‘onlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Qodirov.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!