19:08 / 24.02.2018
3 672

Somalidagi teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi

Somalidagi teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi
Somali poytaxti Mogadisho shahrida yuz bergan teraktlar tufayli kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TRT World”ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Xabar qilinishicha, teraktlar prezident qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda yuz bergan. Ikkita avtomobil portlatilgan, shundan so‘ng terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan otishmani yuzaga keltirgan.

Teraktlar uchun mas’uliyatni “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Avvalroq Somali poytaxti Mogadishoda 23 fevral kechki payt sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somalidagi teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi