22:45 / 25.02.2018
6 429

26 fevral kuni Yerga kuchli magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda

26 fevral kuni Yerga kuchli magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda
AQSHning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi mutaxassislari 26 fevral kuni Yerga quyosh shamolining yuqori tezlikda harakatlanuvchi oqimi yetib kelishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.

Shu sababli ob-havoga ta’sirchan odamlarga o‘z salomatliklariga e’tiborliroq bo‘lish tavsiya qilindi. Sinoptiklar magnit bo‘roniga ta’sirchan odamlarda sog‘liqning yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, migren, yurak urishining tezlashishi, uyqusizlik, qon bosimining oshishi kuzatilishi mumkinligini aytishmoqda.

Ta’kidlanishicha, quyosh shamoli yetib kelganda qutb osmonida yorqin yog‘dularni kuzatish mumkin bo‘ladi.

Yerda oxirgi marta 19 fevralda kuchsiz magnit bo‘roni qayd qilingandi. Ushbu tabiiy hodisa 5 balli shkala bo‘yicha 1-darajali, ya’ni minimal darajadagi magnit bo‘roni sifatida baholangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 26 fevral kuni Yerga kuchli magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda