10:38 / 26.02.2018
3 531

Turkmanistonda 3 million daraxt o‘tqaziladi

Turkmanistonda 3 million daraxt o‘tqaziladi
Mamlakat rasmiylari 2018 yilda 3 million ko‘chat o‘tqazishni rejalashtirmoqda. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 9 fevral kuni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mavsumiy kampaniya boshlangani va yangi ko‘chatlar, jumladan mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish borasidagi farmonga imzo chekdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Shundan keyin Ashxabod va Balkan viloyatlarida davlat muassasalari xodimlaridan bahorgi obodonlashtirish ishlari uchun mablag‘ to‘plash boshlangani haqida xabar tarqatildi.

Aytilashicha, ko‘chat o‘tqazish va daraxtlarni parvarishlashga jalb qilingan ayrim xodimlarga o‘z hisoblaridan ta’tilga chiqishlari tavsiya qilindi.

Davlat neftgaz konserni qaramog‘idagi o‘rmon xo‘jaligi amaldorlari bu yil o‘rmon xo‘jaligi xodimlari o‘z hisoblaridan uch marta 10 kundan ta’tilga chiqishlari mumkinligini aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda 3 million daraxt o‘tqaziladi