17:46 / 26.02.2018
4 363

Hindiston tunu kun kuzatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmani sinovdan o‘tkazdi

Hindiston tunu kun kuzatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmani sinovdan o‘tkazdi
Hindiston Rustom-2 yangi uchuvchisiz uchar qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U havoda 24 soatgacha topshiriqlarni bajarishga qodir. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.

Sinov 25 yanvar kuni Karnataka shtati, Chitradurga okrugida o‘tkazilgan. Barcha ko‘rsatkichlar me’yorida ekanligi ta’kidlanmoqda.

Rustom-2 ma’lumotlarni kunu tun to‘plash, qo‘lda va avtomatik rejimda dushman pozitsiyalarini ko‘zdan kechirish va kuzatish uchun mo‘ljallangan.

Uchuvchisiz uchar qurilmaning parvoz balandligi 6,7 kilometr, tezligi soatiga 280 kilometr atrofida. U Auronautical Development Establishment kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston tunu kun kuzatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmani sinovdan o‘tkazdi