18:42 / 26.02.2018
4 315

Politsiya Lesterdagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Politsiya Lesterdagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi
Angliyaning Lester shahrida yuz bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi esa shifoxonada qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Lesterdagi portlash va yong‘in oqibatida uch qavatli uyga zarar yetgan. Uyning birinchi qavatida do‘kon faoliyat yuritgan. Qolgan qavatlarda oddiy aholi yashagan. Politsiyachilar vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiya olib borilmoqda.

Portlash sabablari hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiya Lesterdagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi