21:45 / 26.02.2018
4 471

Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarining eng yaxshi banknotasi aniqlandi

Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarining eng yaxshi banknotasi aniqlandi
2 ming som nominalli esdalik banknotasi Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek MDH mamlakatlari orasida o‘tkazilgan “2018 yilning eng yaxshi mintaqaviy banknotasi” nufuzli xalqaro tanlovining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqida Kun nashrida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng yaxshi mintaqaviy banknota tanlovi har yili o‘tkaziladigan High Security Printing xalqaro konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan. U 2018 yilning 19-21 fevral kunlari Varshava (Polsha) shahrida bo‘lib o‘tdi.

High Security Printing — bu banknota va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni ishlab chiqish, bosmadan chiqarish, ularning himoyaviy elementlari masalalariga bag‘ishlangan eng yirik mintaqaviy konferensiya.

Eng yuqori mukofotga shuningdek Rossiyaning 200 va 2 ming rubl nominalli bankotalari, Armanistonning 500 dram nominalli esdalik banknotasi, Polshaning 500 zlotiy nominalli esdalik banknotasi hamda Gruziyaning 5 lari nominalli banknotasi da’vogarlik qildi.

“Yilning eng yaxshi mintaqaviy banknotasi” mukofoti dizayn, badiiy bezak kontekstida zamonaviy himoya elementlaridan foydalanish, shu bilan birga, banknotaning texnologik ta’minoti va himoyasi bo‘yicha erishilgan yuksak yutuqlar uchun topshiriladi. Bunda madaniy merosning aks etishi, shuningdek dizaynning dolzarbligi va emitent-mamlakat ramzlariga alohida e’tibor qaratiladi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, Qirg‘izistonning 2 ming somlik esdalik banknotasi 2017 yilning 17 noyabrida ishlab chiqarilgan va bir necha sanalarga bag‘ishlangan - Qirg‘iziston mustaqilligining 25 yilligi, Milliy bank tashkil bo‘lgani va milliy valyutaning joriy qilinishiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarining eng yaxshi banknotasi aniqlandi