19:08 / 27.02.2018
4 410

Neapolda yarim asrdan ko‘proq davr ichida ilk bor qor yog‘di

Неаполда ярим асрдан кўпроқ давр ичида илк бор қор ёғди
Apennin yarimorolida Sibir sikloni olib kelgan sovuq havo saqlanib qolmoqda. Italiyaning Neapol shahrida 27 fevralga o‘tar kechasi 1956 yildan beri ilk bor qor yog‘di. Qor oqibatida mahalliy aeroport Kapodikino va barcha maktablar yopilgan. Bu haqda “Rai News 24”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda uchish-qo‘nish polosasi muzlab qolgani va ko‘rinish yomonlashgani sababli parvozlar to‘xtatilgan. Shuningdek, shahar transporti faoliyatida ham muammolar kuzatilgan.

26 fevralda Vezuviy vulqoni qor bilan qoplangandi. Shaharda oxirgi marta qor yog‘ishi yarim asrdan ko‘proq vaqt avval – 1956 yilda kuzatilgan.

Italiyada “Sibir bo‘roni” deb atalayotgan sovuq siklon yarimorol markazida avj olib, janub tomon yo‘nalmoqda. 26 fevralda Rimda yoqqan qor tungi sovuq harorat sababli saqlanib qolib, 27 fevralda ham transport bilan muammolar keltirib chiqarishda davom etgan. Rim meriyasi maktablarning yopilishi haqidagi ko‘rsatmasini kuchda qoldirgan.

Italiya shimolida ham rekord past harorat saqlanib qolmoqda. Bu yerda harorat minus 35 darajani tashkil qilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yomon ob-havo 28 fevralgacha davom etib, so‘ngra havo iliy boshlaydi. Biroq ob-havo mutaxassislari sovuq havo va yog‘ingarchiliklar davom etishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neapolda yarim asrdan ko‘proq davr ichida ilk bor qor yog‘di