Uch oyoqli it 51 yoshli Mikael Fildni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Fild uzoq yillar mobaynida Elers-Danlos sindromi kasalligidan aziyat chekib keldi. Ahvoli og‘irlashgach, dard uni yengayotganligini his qildi. Mikaelning aytishicha, u divanda o‘tirib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganda uch oyoqli iti Niki kuch bilan turtib yuborgan.
“Kutilmaganda Niki panjalari bilan qo‘limga qattiq urdi. U ilgari hech qachon bunday qilmaganidan shok holatiga tushdim. Itim o‘zining bu harakati bilan xayolimdagi o‘z jonimga qasd qilish fikrini batamom o‘chirib yubordi. Uning ko‘zlariga qarab, Nikini yolg‘iz qoldirib ketishim insofsizlik bo‘lishini angladim”, dedi ayol.
Mikael depressiyaga tushib qolganida, shifokorlar unga it boqib olishni tavsiya qilishgan. Ayol olti oy ilgari avtofalokat oqibatida bir oyog‘idan ajralgan Nikini boqish uchun olgan. Niki hech qayerda ta’lim olmaganiga qaramay, ayolning turli ruhiy zo‘riqishlarlarni yengishida katta yordam berib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi