5 150
Erdo‘g‘an harbiy kiyimdagi qizchaga uni izzat-ikrom bilan dafn qilishlarini aytdi (video)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 25 fevralda partiya anjumanidagi chiqishi vaqtida harbiy kiyimda bo‘lgan kichik qizchaga agar u halok bo‘lsa uni izzat-ikrom bilan dafn qilishlarini aytdi. Ushbu holat videosi Meduza tomonidan namoyish qilindi.
Ta’kidlanishicha, qizcha Erdo‘g‘an e’tiborini tortgan va u qizchani sahnaga taklif qilgan.
“Uning cho‘ntagida Turkiya bayrog‘i ham bor... Agar u halok bo‘lsa, uning jasadi ustidan bayroq yopishadi, inshaalloh”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Videoda qizchaning ko‘zlari yoshlanib turganini ko‘rish mumkin.
Erdo‘g‘an buni ko‘rib, Turkiyaning maxsus operatsiyalarni bajaruvchi kuchlari nomini nazarda tutib, “qizil beretlar hech qachon yig‘lamaydilar” deb qizchani yupatgan.
“U barchasiga tayyor, shunday emasmi?”, deb qizchadan so‘ragan Erdo‘g‘an. Qizcha bunga javoban “Ha” deb javob bergan. Erdo‘g‘an shundan keyin engashib, qizchani o‘pib qo‘ygan.
Biroq Twitter foydalanuvchilari Erdo‘g‘anning bu xatti-harakatini qoralashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi