AQSHning Jorjiya shtatidagi maktabda o‘qituvchi otishma sodir etdi. Buning oqibatida hech kim jabrlanmagan, o‘qituvchi esa qo‘lga olingan. Maktab faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda tvitterda mahalliy politsiya ma’lum qilganligi haqida Kun nashri xabar bermoqda.
Delton shahrining tvitterdagi akkauntida Toshkent vaqti bilan soat 22:30da bir kimsa mahalliy maktabning sinfxonalaridan birida qamalib olgani va bu o‘qituvchi ekanligi haqida xabar paydo bo‘lgan.
Keyinroq politsiya ota-onalarni maktab binosiga kirmaslikka chaqirgan va 10 daqiqa o‘tmasdan, gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
AQSHda Floridadagi maktabda yuz bergan ommaviy qotillikdan keyin bunday voqealar sinchkov kuzatilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp ba’zi o‘qituvchilarni xavf paydo bo‘lgan vaqtda o‘z o‘quvchilarini himoyalay olishlari uchun qurollantirish variantini muhokama qilmoqda. Biroq bu taklif ko‘plab tanqidlarga uchradi, chunki odamlar ko‘ngilsiz voqealar yanada ko‘proq yuz berishidan xavotirlanmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi