14:22 / 01.03.2018
5 138

Avstraliyalik ayol samolyotdagi noqulay vaziyatdan so‘ng 96 kilogramm vazn tashladi

Avstraliyalik ayol samolyotdagi noqulay vaziyatdan so‘ng 96 kilogramm vazn tashladi
Avstraliyalik Sara Toxi samolyot bortidagi noqulay vaziyatdan so‘ng 96 kilogramm vazn tashladi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Ayol besh haftalik qizi bilan Brisbendan Melburnga yo‘l olgan edi. Styuardessalar 27 yoshli Toxiga (o‘shanda 150 kilogramm vaznga ega bo‘lgan) xavfsizlik kamari uchun ikkita uzaytirgich berishiga qaramasdan, bu yetarli bo‘lmaydi.

Ayol poldagi sumkaga yeta olmaganligi uchun qizini ham ovqatlantira olmaydi. Bundan tashqari, Toxi samolyot hojatxonasining kabinkasiga sig‘magan undan foydalana olmagan.

Shundan so‘ng u o‘z hayot tarzini o‘zgartirishga qaror qiladi. U ayollar uchun trenajyor zaliga yozildi. Toxi ikki yil ichida 40 kilogramm vazn tashladi va oshqozonida operatsiya o‘tkazdi. U uch yil ichida jami 96 kilogrammga ozdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik ayol samolyotdagi noqulay vaziyatdan so‘ng 96 kilogramm vazn tashladi