13:52 / 03.03.2018
3 847

Amerika politsiyachilari “Lamborghini” bilan poyga qilishdi (video)

Amerika politsiyachilari “Lamborghini” bilan poyga qilishdi (video)
Katta yo‘llarda sport mashinasi yonma-yon kelib qolsa “kuch sinashib ko‘rish” istagi aksariyat haydovchilar uchun begona emas. Hatto politsiyachilar uchun ham... “Auto.Onliner” taqdim etgan mana bu rolikka qarang: >>>VIDЕOROLIK

Unda AQSHning Florida shtati yo‘l politsiyasi xodimlari “Dodge Charger” xizmat mashinasida “Lamborghini Aventador” bilan bellashishga urinishgani aks etgan.

Ammo ko‘pchilikning havasini keltirgan bu video politsiya rahbariyatiga yoqmadi — departament ichki tergovni boshlab yubordi.

Mazkur rolik muallifi Deniyel Blek ham politsiyachilarning xatti-harakatini oqlamagan. “Politsiyachilar tezlikni me’yordan sal oshirib yuborgan haydovchilarni to‘xtataverishadi, o‘zlari esa «Lamborghini” bilan quvlashmachoq o‘ynab yurishibdi», — deya ta’kidlagan u.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika politsiyachilari “Lamborghini” bilan poyga qilishdi (video)