01:13 / 04.03.2018
4 770

Braziliyada farrosh o‘g‘rini bir chelak suv bilan quvib yubordi (video)

Braziliyada farrosh o‘g‘rini bir chelak suv bilan quvib yubordi (video)
Internetda Braziliyadagi kafelardan birini tunamoqchi bo‘lgan qurollangan erkakning muvaffaqiyatsiz “ovi” videosi paydo bo‘ldi.

Bosqinchilik vaqtida kafeda ikki xodima bo‘lgan. Ular kafeni tozalayotgan bo‘lganlar. Ayollardan biri rakovinada chelakka suv yig‘ayotganini ko‘rish mumkin.

Jinoyatchi kafega kirib, ayollarga to‘pponchasini o‘qtalaydi. Shunda chelakka suv yig‘ayotgan ayol chelakdagi suvni o‘g‘riga sepib yuboradi. Bunday “iltifot”ni kutmagan o‘g‘ri shoshgancha kafedan qochib qoladi.

YouTube foydalanuvchilari ayolning bu ishiga tahsinlar aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada farrosh o‘g‘rini bir chelak suv bilan quvib yubordi (video)