18:13 / 05.03.2018
5 921

Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi

Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev yana 85 million dollarga boyib, Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda Daryo nashri xabar bermoqda.

Amerikaning Forbes nashri ma’lumotiga ko‘ra, qozog‘istonlik biznesmen Timur Kulibayevning boyligi 85,3 million dollarga oshib, 3,3 milliard dollarni tashkil etdi (2018 yilning 4 mart kungi ma’lumotlar).
Bu bilan u bugungi g‘oliblar va mag‘lublar (Today’s Winners & Losers – The World’s Billionaires) rubrikasiga tushdi.

Shu bilan birga, Forbes Kazakhstan reytingiga ko‘ra, 2017 yilda uning boyligi 2,2 milliard dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi